Tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Prezidentining 17-aprel kuni imzolagan qaroriga muvofiq Bobur Masudovich Usmanov Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Bobur Usmanov mazkur tayinlovga qadar Prezident Administratsiyasi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Adliya vazirligi va boshqa tuzilmalarda turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan.
Maʼlumot uchun, ayni vaqtda Tashqi ishlar vaziri vazifasini Baxtiyor Saidov bajarib kelmoqda.






