Tashqi ishlar vazirligida Fransiya Elchisi Aurelia Bushez bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda 2022-yil kuzida Luvr muzeyida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi. Fransiya tomoni tadbirni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha faol ish olib borilayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, ikki davlatning o‘zaro hamkorlik va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdorligi muhokama qilindi.