Tashqi siyosat kengashining navbatdagi yig'ilishi o’tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligida 2022-yil 18-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tashqi siyosat kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Kengashning joriy yildagi faoliyati yakunlari va kelgusi davr uchun ustuvor vazifalar ko'rib chiqildi.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyatining yangi konsepsiyasi loyihasi bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olgan holda muhokama qilindi.






