Tatariston Prezidenti Buxorda velosayrga chiqdi

Tatariston Prezidenti Rustam Minnixonov amaliy tashrifi davomida 17-iyun kuni Buxoroga yo'l oldi.

Buxoroda Bosh vazir o'rinbosari - turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning taklifiga ko'ra Rustam Minnixonov qadimiy shahar ko'chalarida velosipedda sayr qildi.

Ushbu turdagi aktsiyalar yosh va katta avlodining sport bilan shug'ullanishiga turtki bo'lib xizmat qiladi, shuningdek mamlakatda sportni rivojlantirishga stimullashtiradi.