Tatariston Prezidenti Texnopark bilan yaqindan tanishdi

Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanovning O'zbekistonga tashrifi chog'ida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov hamda Texnopark direktori Sarvar Axadov bilan Texnopark hududida ekskursiya o'tkazdi.

Tatariston delegatsiyasi tarkibiga 25 dan ortiq turli xil korxona vakillari, jumladan "KAMAZ", "Tatneft", "PO ElAZ", "KMPO", "Qozon vertolyot zavodi", "Sollers Ford", "KER-Holding" va boshqalar kiradi.
Tashrifdan ko'zlangan maqsad, ishlab chiqarish korxonalari salohiyati, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari va maishiy texnika turlari bilan tanishish.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning barcha turlari namoyish etilayotgan ko'rgazma zalida yuqori martabali mehmonga "TEXNOPARK" MChJdagi barcha 17 loyiha haqida batafsil ma'lumot berildi. Tatariston delegatsiyasi shuningdek, SAMSUNG brendi ostida ishlab chiqarilgan muzlatgichlar va kir yuvish mashinalarining ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, mehmonlarga eng zamonaviy yuqori aniqlikdagi sinov uskunalari bilan jihozlangan laboratoriya namoyish etildi.

Tatariston Respublikasi Prezidenti sanoat salohiyatini yuqori baholadi va TEXNOPARK MChJ ishlab chiqaruvchilari - korxonalariga muvaffaqiyat va rivoj tiladi.