TBC Bank Global Money Week 2022 doirasida Depozitlar haqida batafsil nomli uchrashuvini o‘tkazdi

2022 - yil 7 - aprel kuni TBC Bank, Markaziy bank va Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi bilan hamkorlikda uchrashuv o‘tkazdi va unda fuqarolar uchun omonatlarning afzalliklari haqida suhbatlashdilar.

Uchrashuvda Markaziy bankning Moliyaviy savodxonlikni oshirish va bank mutaxassislarini qayta tayyorlash departament rahbari Abduganiyeva D.A., Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondining rahbari Abbosov N.I., “TBC Bank” ATB Boshqaruvi Raisi Tetrashvili S. soʻzga chiqdilar.

Uchrashuvda omonatlarning afzalliklari nimada va ularning O‘zbekistonda hamda boshqa rivojlangan mamlakat bozorlarida qanday ishlashi, aholi o‘rtasida pul jamg‘arish va jamg‘arish madaniyatini yuksaltirish, to‘g‘ri hisoblab, depozitni to‘g‘ri tanlash, Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi qanday ishlaydi va O‘zbekistonda omonatchilarni himoya qilish kafolatlari qanaqa kabi masalalar yuzasidan savollar berildi.

Depozitlar aholi farovonligini oshirish, shuningdek, butun mamlakat iqtisodiyotining o‘sishini rag‘batlantirishning eng samarali moliyaviy vositalaridan biridir. Qisqacha qilib aytganda, depozit yoki omonat – bu mijozning doimiy daromad olish evaziga foydalanish uchun bankka bergan pul mablagʻidir. Bu investitsiya qilishning eng oson usullaridan biri, chunki u maxsus bilimlarni talab qilmaydi. Shu bilan birga, foyda kafolatlangan va barqaror boʻladi, xavflar esa minimaldir, chunki jismoniy shaxslarga tegishli omonatlarning xavfsizligi ta’minlangan. O‘zbekiston Respublikasida barcha omonatlar Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan to‘liq hajmda himoya qilinadi.

“TBC Bank” ATB haqida
TBC Bank 30 yillik tarixga ega va Gruziya hamda Kavkaz ortidagi eng yirik bank hisoblanadi. 2016 yilda TBC Bank aksiyalari London fond birjasida roʻyxatga olingan. O‘tgan yil davomida London fond birjasidagi TBC Bank aksiyalari 44,95 foizga o‘sdi, kompaniyaning barcha aksiyalar qiymati esa 1 milliard AQSh dollaridan ortigʻini tashkil etadi. (784,14 million funt sterling).
TBC Bank O‘zbekiston bozoriga 2020 yil oktabr oyida mamlakatdagi birinchi raqamli bank sifatida kirdi. Ayni vaqtda TBC UZ ilovasi 2 milliondan ortiq yuklab olingan.
2021 yil sentabr oyi oxirida ikki institutsional investor – YeTTB va IFC har biri TBC UZ ning 20 foizdan ulushini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Birinchi to‘lov ikki investorning har biri uchun 9,4 million AQSh dollarni tashkil etdi.
Bank quyidagi raqamli xizmatlarni taqdim etadi: pul oʻtkazmalar, kreditlar, depozitlar, muddatli toʻlovlar, bank kartalari va toʻlovlar. Barcha xizmatlar TBC UZ ilovasi orqali taqdim etiladi.