TDAU diplomlari Yevropa Ittifoqi tomonidan tan olinadi

Toshkent davlat agrar universiteti hamda Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti o‘rtasida ikki diplomli ta’lim bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Endilikda universitet bitiruvchilari Latviyada tahsil olishlari va Yevropa Ittifoqida tan olingan diplomga ega bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.

Hujjat 2022-yil 1-sentabrdan 2027-yil 30-iyungacha amal qiladi.

Unda “2+2” formulasi bo‘yicha “Oziq-ovqat texnologiyasi” hamda “Oziq-ovqat sifati va innovatsiyalari” mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavriat ta’limini amalga oshirish, ya’ni talabalar TDAUda dastlabki 2 yil, qolgan 2 yil uchun esa LDUda tahsil oladilar.