«TDIU»da «O'zbekiston taraqqiyotini qo'llab-quvvatlash» mavzusida seminar o’tkazildi

Bugun, 21-oktabr kuni Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida «Global va milliy iqtisodiyot trendlari»" forumi doirasida "O'zbekiston taraqqiyotini qo'llab-quvvatlash" mavzusida seminar tashkil etildi.
Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, London Universiteti hamda London iqtisodiyot va siyosiy ilm maktabi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda, xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalari vakillari, mamlakatimizning yetakchi banklari va kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdilar.
Seminarda, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish nutqi so’zlab, universitet tarixi, hozirgi faoliyati va xalqaro hamkorlik aloqalarida erishilayotgan yutuqlar haqida ma’lumot berdi.






