TDT Bosh kotibi O’zbekiston TIV rahbariyati bilan uchrashdi

Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibining mamlakatimizga tashrifi doirasida, bugun 23-yanvar kuni TDT Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev va O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b Baxtiyor Saidov o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Ma’lumot o’rnida qayd etib o’tamiz, ertaga 24-yanvar kuni Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti Vazirlar Kengashining 26-yig'ilishi o’tkazilishi rejalashtirilgan. Bugungi uchrashuvlar aynan ushbu yig'ilish oldidan tashkil etilmoqda.
P.S. Bugun kun davomida TDT Bosh kotibi mamlaktimizning bir qancha vazirliklariga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bright Uzbekistan xalqaro axborot portali Turkiy Davlatlar Tashkilotining O'zbekistondagi rasmiy axborot hamkori sifatida ma’lumotlarni hodisa joyidan yoritib bormoqda.






