TDT Transportni rivojlantirish bo'yicha ishchi guruhining 11-yig'ilishi

Joriy yilning 27-oktabr kuni, O'zbekiston Transport vazirligida Turkiy Davlatlar Tashkiloti Transportni rivojlantirish bo'yicha ishchi guruhining 11-yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda O'zbekiston, Turkiya, Qirg'iziston, Qozog'iston, Ozarbayjon va Vengriya ekspertlari ishtirok etdilar.
Muzokaralar davomida joriy yilning 11-noyabr kuni Samarqandda o'tkazilishi kutilayotgan Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammitiga tayyorgarlik jarayonlari haqida fikr almashinildi.
Shuningdek, yig'ilish ishtirokchilari TDTga a'zo davlatlar o'rtasida transport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va hamkorlik aloqalari borasida erishilayotgan kelishuvlarga e'tibor qaratdilar.
Bundan tashqari, ishchi guruh yig'ilishining asosiy maqsadlaridan biri joriy yilning 28-oktabr kuni Toshkentda o'tkazilishi kutilayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti transport vazirlari majlisiga tayyorgarlik jarayonlari, kutilayotgan yakuniy natijalar va kelgusidagi rejalarni mohokama qilishdan iborat bo'ldi.






