TDTga a’zo mamlakatlar Qishloq xo’jaligi vazirlari ishtirokida B2B uchrashuvlar tashkil etildi

Bugun poytaxtimizda bo’lib o’tgan “Birinchi Turkiy Agroforum” doirasida qator yig’ilishlar bo’lib o’tgani haqida ma’lum qilgan edik. Yig’ilish yakunlangach, Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo mamlakatlar vazirlari va forum qatanshchilari ishtirokida qator B2B uchrashuvlar o’tkazildi.

Mazkur B2B uchrashuvlar va ikki tomonlama muzokaralar forum ishtirokchilari o'rtasida muloqot qilish va yangi aloqalarni o'rnatish uchun qulay sharoit yaratdi.

Eslatib o’tamiz, ushbu forumda O'zbekiston, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkiya, Vengriya va Turkmaniston Qishloq xo'jaligi vazirlari ishtirok etdilar.