TDTga a'zo mamlakatlar «Qishloq xo'jaligi vazirlarining birinchi yig'ilishi»

Joriy yilning 4-iyul kuni Hyatt Regency mehmonxonasida Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a'zo va kuzatuvchi mamlakatlar "Qishloq xo'jaligi vazirlarining birinchi yig'ilishi" bo'lib o'tdi.
Mazkur yig'ilishda Turkiy Davlatlar Tashkilotining Bosh kotibi Bag'dod Amreyev, O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Jamshid Xo'jayev va Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkiya, Vengriya va Turkmaniston Qishloq xo'jaligi vazirlari ishtirok etdilar.
Mazkur yig'ilishda, agrosanoat majmuasida iqtisodiy oʻzaro aloqalarni kengaytirish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish va oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish borasida muzokaralar o'tkazildi.
Shuningdek, qishloq xo'jaligi sohasidagi mumammolarga samarali yechim toposh, iqlim, sanoat va ishlab chiqarish sohasida o'zaro hamkorlik aloqalarini jadal rivojlantirish borasidagi takliflar ilgari surilidi.






