TDTga a’zo va kuzatuvchi davlat rahbarlari Registonda koʼchat o’tkazishdi

Registon maydonida Turkiy Davlatlar Tashkiloti Samarqand sammiti doirasida tashkilotga aʼzo va kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar Davlat Rahbarlari ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida koʼchat ekish tadbiri boʼlib oʼtdi.

Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo boʼlgan Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʼiston, Qirgʼiziston hamda kuzatuvchi maqomiga ega boʼlgan Vengriya va Turkmaniston davlatlari poytaxtlarida ham bir vaqtning oʼzida uyushtirilgan koʼchat ekish tadbirlari onlayn monitorda namoyish etildi.