TDTU rektori Rossiya Federatsiyasining O'zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Rossiya Federatsiyasining O'zbekistondagi elchisi Oleg Sergeyevich Malginov hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʼliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʼyicha maslahatchisi, Toshkent davlat transport universiteti (TDTU) rektori Odil Abduraxmonov o’rtasida uchrashuv o’tkazilib, unda, ta'lim sifatini oshirish, transport, energetika, aviatsiya, kosmonavtika va mashinasozlik sohalarida ilg'or muhandislik maktablari faoliyatini yo’lga qo’yish yuzasidan muzokaralar o’tkazildi.

Suhbat davomida Ilm-fan va ta'lim sohalarini yanada rivojlantirish, innovatsion texnologiyalar transferini jadallashtirish, bunda sohadagi son ko'rsatkichlaridan sifat ko'rsatkchilarini oshirish dolzarbligi ta'kinlandi.

Shuningdek, qayd etilishicha suhbat so'ngida elchi may-iyun oylarida Piter shahrida rektorlar uchrashuvini tashkil etish taklifini bildirdi.