«TechnoWays» marafoni Samarqandda start oldi

2021-yilning 21-sentabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy ofisi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «TechnoWays» texnologik rivojlanish marafonining hududiy bosqichiga start berildi.
Marafonning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimining yordamchisi Nozir Ibragimov va Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori o‘rinbosari Akbarxon Sobirxonov so‘zga chiqdi.
Ular, mazkur marafon doirasida o‘tkazilib kelinayotgan turli xil tadbirlar iqtidorli yoshlarni saralash va ularni birlashtirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.
24-sentyabr kuniga qadar davom etadigan Texnologik rivojlanish marafoni doirasida tajribali spikerlar tomonidan ma’ruzalar, treninglar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilishi kutilmoqda.






