«TechnoWays» marafonining Respublika bosqichiga start berildi

Texnologik startap egalari uchun yilning eng yirik tadbiri “TechnoWays” marafonining Respublika bosqichiga bugun, 17-oktabr kuni INNO texnoparkda rasmiy ravishda start berildi.

“InnoWeek.uz” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida o’tkazilayotgan mazkur tadbirni Innovatsiyalar Milliy ofisi Bosh direktori Olimjon To‘ychiyev ochib berdi.

TechnoWays texnologik rivojlanish marafonining Respublika bosqichida 90 nafar yosh innovatorlar o‘z loyihalari bilan ishtirok etishyapti.

3 kunlik marafon davomida ishtirokchilar o‘z loyihalari taqdimotini o’tkazishadi. Eng sara loyiha egalari marafon yakunida saralab olinib rag’batlantiriladi.