«TechnoWays» texnologik rivojlanish marafonining Toshkent shahar bosqichi

Bugun, 10-oktabr kuni Toshkentdagi “INNO Texnopark”da “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni Toshkent shahar bosqichining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

"TechnoWays" marafonida innovatsion g’oyaga ega iqtidorli yoshlarning loyihalari har tomonlama rivojlantiriladi va texnologik bilimlar bilan boyitiladi. Marafon yakunida esa 3 ta eng yaxshi loyihalar saralab olinib, Marafonning Respublika bosqichiga yo'llanma beriladi.

Ma’lumot o’rnida, "TechnoWays" texnologik rivojlanish marafoni har yili Innovatsion rivojlanish vazirligi va Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan iqtidorli yoshlarni qo’llab quvvatlash maqsadida tashkil etib kelinmoqda.

Bu yildan boshlab marafon Respublikaning barcha hududlarida o’tkazilmoqda. Joriy yilning iyul oyidan buyon marafon 12 ta viloyat va Qoraqalpog’iston Respublikasida o’tkazildi.

P.S. Marafonning Toshkent shahar bosqichi 10-11-oktabr kunlari INNO Texnoparkda o’tkazilmoqda.