TED University rahbariyati bilan uchrashuv

Joriy yilning 1-iyul kuni Toshkent shahar hokimligida TED University (Аnqara, Turkiya) rahbariyati bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Jahongir Ortiqxoʼjayev mehmonlarni samimiy qarshi olib, oʼzbek-turk munosabatlarining jadal surʼatlarda rivojlanayotganini taʼkidlab oʼtdi. Tarixan shakllangan ishbilarmonlik va doʼstona aloqalar, sermahsul va koʼp qirrali hamkorlikka urgʼu berdi.
Uchrashuvda yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining soni mamlakatimizda tobora ortib borayotgani aytib oʼtildi. Taraflar taʼlim sohasida istiqbolli hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar, oʼzaro imkoniyat va takliflarni oʼrganib chiqishga hamda muloqotni yanada aniqroq darajada davom ettirishga kelishib oldilar.






