Telegram asoschisi messenjer koronavirus haqidagi yolg'on gaplarni bloklamasligi sababiga izoh berdi

Telegram asoschisi Pavel Durov joylashtirgan postida Telegram messenjeri pandemiya haqidagi yolg'on ma'lumotlarni hech qachon bloklamasligi sababini tushuntirib berdi.

"Telegram hech qachon yolg'on ma'lumotni bloklamagan, chunki bizning vazifamiz foydalanuvchilarimizga berilayotgan ma'lumotga ishontirishdan iborat emas", izohlab berdi tadbirkor.

Pavel Durovning so'zlariga ko'ra, hozirda Telegramda 19 ta hukumat veb-sayti mavjud bo'lib, ular pandemiya haqida dolzarb va ishonchli ma'lumotlarni tarqatadi.