Telegram katta marketing xarajatlarisiz yuklab olishlar boʻyicha top 5 ta ilovadan joy oldi

Telegram 2022-yilning birinchi choragida yuklab olishlar soni bo‘yicha mobil ilovalar orasida beshinchi o‘rinni egalladi.

Yil boshidan buyon messenjer 100 million martadan ortiq yuklab olingan. Ko'pgina yuklab olishlar Android foydalanuvchilari tomonidan amalga oshiriladi - Play Marketdan yuklab olishlar taxminan 80 millionni tashkil etgan. 20 milliondan ko'proq yuklab olish App Store orqali amalga oshirilgan.

Ammo, TikTok yuklab olishlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda u uch oyda 180 million martadan ko’proq yuklab olingan.

Keyingi uchta o‘rinni Meta ilovalari egallagan (2021-yil oktabrgacha – Facebook). Yuklanishlar soni 7 foizga kamayganiga qaramay, Instagram reytingda 2-oʻrinni egallagan. Uchinchi o'rinni Facebook, to'rtinchi o'rinni WhatsApp egallab turibdi.

Messenjer asoschisi Pavel Durov foydalanuvchilarni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi. Beshtalik ichida faqat Telegram reklama yoki yuklamalarni “sotib olish” uchun milliardlab dollar sarflamaydi, dedi u.

App Annie ma'lumotlariga ko'ra, 2021-yilda Telegram faol foydalanuvchilar o'sishi bo'yicha birinchi o'rinni egalladi.