Telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 21,9 % ga oshgan

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilda Oʼzbekistonda telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 14,7 trillion soʼmni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 2021-yil bilan solishtirilganda 21,9 % ga oshgan.