"Temir daftar" ga kiritilgan yoshlarga OTMda birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakti to‘lab beriladi

“Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat OTMlarida ta’lim olayotgan farzandlariga 2021/2022 o‘quv yilida birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasi qoplab beriladi.

Shuningdek 2021-yil avgust oyida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan har bir farzandi uchun 500 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi.

Eslatib o'tamiz, Koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekiston aholi og‘ir ahvolga tushdi. Moliyaviy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun “Temir daftar” tuzildi.