Termiz shahrida O'zbekiston-Tojikiston harbiy mashqlari boshlandi

Termiz shahrida "Hamdo'stlik-2022" O'zbekiston-Tojikiston qo'shma mashqlari boshlandi.

Mashg'ulotlarning ochilish marosimida so'zga chiqqan Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug qo'shinlari qo'mondoni General-mayor Zaynobiddin Iminov va Tojikiston Respublikasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig'ining o'rinbosari General-mayor Egamzod Sharof Xudoyberdi "ikki mamlakat qurolli kuchlari o'rtasida ushbu do'stona qo'shma mashqlarni bajarish davlatlar o'rtasidagi do'stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga imkon beradi" degan ishonchni bildirdi.