Tesla elektr yuk mashinalari uchun buyurtmalar qabul qiladi

Tesla qiymati $150 mingni tashkil etuvchi elektr yuk mashinalari uchun buyurtmalarni qabul qila boshladi.

Yuk mashinasi toʻrtta mustaqil dvigatel bilan jihozlangan boʻlib, 20 soniyada 100 km/soat tezlikka ega. Uning narxi $150 mingni tashkil etadi. Elektr yuk mashinalari ishlab chiqarishi 2023-yilga moʻljallangan.

Tesla ilk bor Semi yuk mashinalarini 2017-yilda taqdim etdi va 2019-yilda ularni bozorga chiqarmoqchi boʻldi. Biroq ayrim sabablar bilan sanalar bir necha marta oʻzgartirildi. Mijozlar orasida PepsiCo, DHL, Walmart va boshqa kompaniyalar ham bor.

2021-yil yanvar oyida Ilon Mask Semi elektr yukmashinalarini ommaviy ishlab chiqarish kompaniya to oʻzining akkumulyatorlarini ishga tushirmaguncha toʻxtatilganini eʼlon qildi. Olti oy oʻtgach, Teslaning yuk mashinalar bilan ishlash boʻlimi rahbari Jerom Gilen kompaniyani tark etdi.