Tesla elektromobillari narxini yana pasaytirdi

AQSHning Tesla kompaniyasi “Model Y” va “Model 3” rusumli elektromobillarning ba’zi bir versiyalari uchun narxlarni pasaytirdi.
Xususan, “Model Y”ning “Long Range” (49 990 dollar) va “Performance” (53 990 dollar) versiyalari uch ming dollarga va “Model 3”ning “Rear-wheel drive” versiyasi esa 2 ming dollarga (39 990 dollar) arzonlashtirildi. Bu haqda kompaniya web sahifasida keltirilgan.
Ilon Mask boshchiligidagi kompaniya joriy yilning shu davriga qadar Amerika bozori uchun narxlarini olti marta tushirdi. “Model 3” narxini 11 foizga, “Model Y” narxini esa 20 foizga pasaytirdi.
Kompaniya yaqinda Yevropa, Isroil, Singapur, Avstraliya, Yaponiya, va Janubiy Koreyada ham narxlarni pasaytirgandi. Shuningdek, talabni oshirish maqsadida yanvar oyida Xitoyda chegirmalar e’lon qilingan.






