Tesla fantom tormozlanish muammosini o'rganib chiqmoqda

AQSh hukumati Tesla avtomobillarining avtomagistrallarda kutilmaganda tormozlanishi haqidagi xabarlar ustidan izlanishlar olib bormoqda.

"Fantom tormozlanish" deb ataladigan muammoni AQSh Milliy Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi ko'rib chiqmoqda.

O'tgan to'qqiz oy ichida Teslaga 354 ta shikoyat kelib tushgan. Boshqarma tekshiruvlari 2021-2022 – yillar oralig’ida ishlab chiqarilgan 416 000 Tesla Model 3 va Model Y avtomobillarini qamrab oladi.

Haydovchilarning ta'kidlashicha, muammo avtoboshqaruv tizimi ishga tushganda yuzaga kelmoqda.

Mashhurligiga qaramay, Tesla avtopilot ADAS tizimi "avtomobilni avtonom qilmasligini" ta'kidlab, haydovchilarga hushyor bo'lishni va transport vositalarini shaxsan nazorat qilishlarini tavsiya qilmoqda.