Tesla Model X - Tesla avtomobillari orasida eng yuqori narxga ega bo’lgan avtomobil

100 foiz elektr tokida ishlovchi, atrof-muhit uchun toza va ancha kamxarj hisoblangan, barchaga mashhur "Tesla" avtomobillarining 2022-yildagi narxlari ma’lum bo’ldi.

Tesla Model 3 narxi $46 990ni tashkil qiladi. Bu uni hozirda taklif etilayotgan eng arzon Tesla avtomobiliga aylantiradi.

Tesla Model Y narxi Long Range trim uchun $57 990, va yuqori darajadagi Performance trim uchun $63 990ni tashkil qiladi.

Model S Tesla premium hozirda standart (ikki motorli) varianti uchun $99 990dan boshlang‘ich narxda sotiladi.

Tesla Model X narxi esa $114 990 tashkil etib, Tesla avtomobillari orasida eng yuqori boshlang'ich narxga ega bo'lgan avtomobil hisoblanadi.