Tesla sof foydani deyarli 8 barobarga oshirdi

2021-yil oxirida u 5,52 milliard dollarga yetdi va bir yil avvalgi “atigi” 721 million dollarga nisbatan 7,7 baravar ko‘p bo‘ldi va shu tariqa Tesla sof foyda bo‘yicha yangi yillik rekordni qayd etdi.
O‘tgan yili u rekord darajadagi 936 ming avtomobil (+87%) sotishga muvaffaq bo‘ldi va ulardan 53,8 milliard dollar (+71%) daromad oldi.
Bizning obyektlarimiz bir necha chorak davomida to’liq bo’lmagan quvvat bilan ishlamoqda va ta'minot zanjiri muammolari asosiy cheklovchi omil bo'lib kelgan va bu 2022 - yil oxirigacha davom etishi mumkin", dedi Tesla investorlarga yo'llagan maktubida.
Shu bilan birga, 2021-yilning to‘rtinchi choragida kompaniya ham ijobiy dinamikani ko‘rsatdi: sof foyda 2,3 milliard dollargacha (2020-yilning 4-choragida u 270 million dollarni tashkil etgan), daromad – 17,7 milliard dollargacha (+65 foiz), avtomobillar savdosi esa 308,65 ming donaga (+71%) o‘sdi.
Nafaqat konsolidatsiya qilish, balki ushbu natijalardan oshib ketish uchun Tesla 2022 - yilda bozorga birorta ham yangi mahsulotni chiqarmaydi. Buning o'rniga kompaniya asosiy e'tiborni ishlab chiqarishni ko'paytirish va jo'natishni kamida 50% ga oshirishga qaratadi.






