Tesla Xitoyda bittasi 3600 ta uyni quvvatlantirishga yetadigan akkumulyator zavodi quradi

Amerikaning Tesla kompaniyasi Xitoyning Shanxay shahrida yirik akkumulyatorlar ishlab chiqarish uchun yangi “Megazavod” ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyaning Twitter’dagi sahifasida e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, zavod yiliga 10 000 ta “megapaket” elektr stansiyalari uchun moʻljallangan yirik lityum battareyalari saqlovchi mahsulotlar ishlab chiqarishga qodir boʻladi.

Kompaniya ushbu “megapaket” 3600 ta uyni bir soat davomida quvvatlantirishi mumkinligini aytmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, bu holat Amerika kompaniyalarining Xitoy bozori bilan yanada bogʻlanib borayotganini anglatadi.

Tesla Shanxaydagi zavod qachon ochilishiga aniqlik kiritmagan, ammo Xitoyning Sinxua davlat axborot agentligi zavod shu yil oxirida qurilishi boshlanishi va kelasi yil ochilishi haqida xabar bergan.

Avvalroq, Tesla asoschisi Ilon Mask aprel oyida Xitoyga tashrif buyurib, XXR Raisi Si Szinpinning yaqin maslahatchisi bo'lgan Xitoyning yangi Bosh vaziri Li Tsyan bilan uchrashishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.