Tesla xodimlarini qisqartirmoqda, ammo ishchi kuchi bu yil yanada ko’payadi

Tesla xodimlarining taxminan 10 foizini ishdan bo'shatishni rejalashtirmoqda, dedi seshanba kuni kompaniya egasi Ilon Mask. Ammo u, shuningdek, kompaniyaning umumiy ishchi kuchi bir yildan keyin bugunga qaraganda ko'proq bo'lishini ta'kidlamoqda.

Mask so'nggi oy davomida kadrlar masalalari bo'yicha bir-biriga zid fikrlar bildirganiga guvoh bo’ldik. Seshanba kuni (21-iyun) u Qatar Iqtisodiy forumida video orqali bu masalaga aniqlik kiritib o’tdi.

"Tesla keyingi uch oy yoki undan ko'proq vaqt ichida maoshli ishchi kuchini taxminan 10 foizga qisqartiradi." - dedi Mask. "Soatbay ishchi kuchini oshirish niyatidaligimiz hammaga ma’lum. Biz ish haqini juda tez ko’tardik. Ba'zi sohalarda esa yanada tez o'sdik. Bu bugunga kelib oylik maoshli ishchi kuchini qisqartirishni talab qilmoqda."

O'tgan yil oxiriga kelib Tesla butun dunyo bo'ylab 100 000 ga yaqin xodimga ega edi. Ularning taxminan 42 foizi Qo'shma Shtatlardan tashqarida joylashgan. Kompaniya shuningdek, yil boshida global xodimlarining qariyb 39 foizi ishlab chiqarish liniyasi ishchilari ekanligini ochiqladi. O'shandan beri kompaniya Berlin va Ostin yaqinida ikkita yangi zavod ochdi va bu zavodlarda xodimlar va ishlab chiqarishni ko'paytirmoqda.

Seshanba kuni Mask Tesla xodimlarining qariyb uchdan bir qismi oylik maosh oladi va xodimlarning bu qismidagi 10% qisqartirish "jami xodimlar sonining taxminan 3% dan 3,5% gacha qisqarishi" bo'lishini ta’kidladi va u buni "unchalik ham muhim emas" deb ta’rifladi.

Soatlik ishchilar sonining ko'payishidan tashqari, Mask qisqa vaqt ichida ko'proq maoshli xodimlarni jalb qilishni kutmoqda.

"Bir yildan keyin ham oylik, ham soatbay xodimlar soni oshadi deb ishonaman. Ammo qisqa muddatda kelgusi bir necha oy ichida biz oylik maoshli ishchi kuchining taxminan 10% ga qisqarishini rejalashtirmoqdamiz," deb o’z so’ziga yakun yasadi Mask.