Teslaning daromadi rekord darajaga yetdi

Bloomberg nashri xabariga ko’ra, Tesla kompaniyasi 2022-yilning to'rtinchi choragi hamda yil yakunlari bo'yicha hisobot bergan. Unga ko'ra, yilning oxirgi choragida avtomobillar sotuvidan tushgan daromad 21,3 milliard dollarni, umumiy daromad esa 24,32 milliard dollarni tashkil qilgan.

Xabarga ko'ra, tahlilchilar umumiy daromadning 24,16 milliard dollarga yetishini tahmin qilishgan. Ko’rinib turganidek, natija kutilganidan ham yuqori bo’lgan.

Shuningdek, oktabr-dekabr oylarida sof foyda o'tgan yilning shu davrida 2,3 milliard dollar bo'lgan bo'lsa, bu yil qariyb 3,7 milliard dollarga yetgan. Ammo bu damda, tahlilchilar esa bu ko’rsatkichni 3,8 milliard dollarga yetishini kutishgan edi.

Shu bilan birga, Tesla kompaniyasi 2022-yilda 1,4 millionga yaqin avtomobil ishlab chiqargan bo'lsa, joriy yilda bu ko'rsatkich 1,8 millionga yetishi haqida ma'lumotlar mavjud.