Teslaning foydasi tahlilchilar kutganidan ham oshib ketdi

Ilon Maskka tegishli bo’lgan Tesla 2021 yil uchun birinchi chorak hisobotini taqdim etdi. Kompaniyaning natijalari Wall Street tahlilchilarining kutgan natijalaridan ham oshib ketdi, daromad esa o'tgan yilga nisbatan deyarli ikki barobarga oshdi.

Kompaniyaning xabar berishicha, 2021 yilning birinchi choragidagi natijalarga ko’ra foyda har bir aksiya uchun 93 sentni, Wall Street konsensus prognozi bo'yicha har bir aksiya uchun 79 sentni tashkil etdi. Daromad oldingi yilga nisbatan 5,99 milliarddan 10,39 milliard dollarga ko'tarildi. Refinitivning IBES ma'lumotlariga ko'ra, tahlilchilar 10,29 milliard dollar daromad kutishgan. Kompaniya 2020 yilda yarim milliondan ortiq transport vositalarini va birinchi chorakda dunyo bo'ylab 184,800 ta transport vositalarini yetkazib berdi, bu esa 2020 yilning so'nggi choragi natijalariga ko'ra 4000 ga yaqin transport vositalaridan oshib ketdi.

Bloomberg ta'kidlaganidek, Model 3 sedaniga dunyodagi talab katta bo'lgan sharoitda kompaniya foydasi o'sib bormoqda, ammo kompaniya yetkazib berishning 50 foizga o'sishi bo'yicha ko'p yillik prognozini o'zgarishsiz qoldirdi. Tesla yil davomida o'z faoliyatini Amerika, Osiyo va Yevropada kengaytiradi hamda Ostin, Texas va Berlindagi yangi avtomobil zavodlarini qurishda davom etadi. Texas va Berlindagi fabrikalarda ishlab chiqarish shu yildayoq boshlanishi mumkin, deb xabar qilmoqda Reuters. Kompaniyaning ta'kidlashicha, global mikrosxemalar yetishmasligi muammosini hal qila olganligini, bu qisman yangi mikrokontrollerlarga juda tez o'tish tufaylidir.