Teslaning yangi modeli sinovdan o‘ta olmadi

Soatiga 40 kilometr tezlikda harakatlanayotgan avtomobil Kaliforniyadagi xalqaro avtomagistralning konus shaklidagi qismidan muvaffaqiyatli o‘tgan, biroq jarayon so’ngida sinovchilar mashina qarshisiga bolalar maketini o‘rnatganlar. Avtomobil esa uch urinishda ham to‘xtamay maketni urib ketgan.

Xulosa o’rnida qayd etish joizki, Tesla Model 3 favqulodda tormozlanish sinovidan o’ta olmagan.

Natijada “The Dawn Project” asoschisi muammo bartaraf etilmagunicha mashinadan oddiy yo‘llarda foydalanish mumkin emasligini ta’kidlagan.