Test sinovlari yopiq binolarda bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabariga ko‘ra, bu yilgi test agar davlat komissiyasi yoki maxsus komissiyaning takliflari, cheklovlari bo‘lmasa, albatta yopiq binolarda o‘tkaziladi.

“Bu yil ham abituriyentlar suv va ruchkalar bilan taʼminlanadi. Hisob-kitob talab etiladigan fanlar uchun savollarning oralig‘ida yozish uchun joy qoldiriladi”, deyiladi xabarda.

Maʼlumot o‘rnida: pandemiya sabab 2020/2021-yilgi test sinovlari ochiq maydonlarda (stadionlar, xiyobonlar) o‘tkazilgan edi.