Texas Metani sudga berdi

Meta biometrik ma'lumotlarning maxfiyligi to'g'risidagi qonunlarni "milliardlab" marta buzib kelgan.
Texas shtati ijtimoiy tarmoq giganti hisoblangan Metani o'n yil davomida o'n millionlab shtat aholisining yuzni tanish ma'lumotlarini noqonuniy ravishda to’plaganlikda ayblab sudga berdi.
Dushanba kuni Texasning Xarrison okrugi sudiga taqdim etilgan da'voga ko'ra, Facebookning fotosuratlarni belgilash funksiyasi (hozirda o'chirib qo'yilgan) Texasliklarni yuzni tanish ma'lumotlarni yig'ishdan oldin xabardor qilinmagan. Bu funksiya suratlardagi yuzlarni, jumladan, Facebook foydalanuvchilari bo‘lmagan foydalanuvchilarning yuzlarini tahlil qilgan va Facebook foydalanuvchilariga sistema aniqlagan odamlarni belgilashni tavsiya qilish orqali ishlagan.
Facebook 2021-yil noyabr oyida Illinoys shtatida xuddi shu masala bo‘yicha 650 million dollar evaziga sud da’vosini hal qilganidan bir necha oy o‘tgach, ushbu funksiyaga barxam berishni e’lon qildi. O‘shanda Facebook dasturning bir qismi bo‘lgan kamida 600 million foydalanuvchidan to‘plagan ma’lumotlarni ham o‘chirib tashlashini aytib o’tgan edi.
Texas bosh prokurori Ken Pakstonning dushanbada qilgan da'vosiga ko'ra, Facebook allaqachon shtatning iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va biometrik ma'lumotlarning maxfiyligi to'g'risidagi qonunlarini milliardlab marta buzgan holda biometrik ma'lumotlarni to'plab borgan. Texasning biometrik ma'lumotlar to'g'risidagi qonuni, ya’ni "Biometrik identifikatorni qo'lga olish yoki ishlatish" (CUBI) qonuni 2009 - yilda qabul qilingan.
Da'voga javoban Meta vakili shunday dedi: "Bu da'volar asossiz va biz o'zimizni jon jahdimiz bilan himoya qilamiz".
Da'voda Metaga shtatdagi biometrik qonunni buzganlik uchun 25 000 AQSh dollari va Texasdagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qonunini buzganlik uchun 10 000 AQSh dollari miqdorida fuqarolik jarimasini qo'llashni talab qilindi.






