The Enigma: kosmosdan kelgan milliard yillik qora olmos kimoshdi savdosiga qo'yildi

The Enigma nomi bilan tanilgan marvarid Yerdagi eng katta olmos hisoblanadi.

Kim oshdi savdosiga qo'yilgan 555,55 karatlik qora olmosning tarixi haqida juda kam ma’lumotlar mavjud.

Marvaridning kelib chiqishi, jumladan, kosmosdan kelganligi haqida bir-biriga qarama-qarshi nazariyalar mavjud.

555,55 karat marvarid olmos uchun juda og'ir hisoblanib bananning og’irligi bilan teng.

Kelgusi hafta onlayn savdolar yopilgunga qadar tosh Londondagi Sotheby's kim oshdi savdosida 4,4 million funt sterlingdan (6 million dollar) ko'proqqa sotilishi kutilmoqda.

Marvarid tabiiy olmosning eng qattiq shakllaridan biri bo'lgan karbonadodir.
Qora olmoslarning yoshi odatda 2,6-3,2 milliard yil. Bu olmosning kelib chiqishini dinozavrlar yashab o’tgan davrlardan ham uzoqroqqa borib taqaladi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Yerning o'zi taxminan 4,65 milliard yoshdaligini hisobga oladigan bo’lsak, olmosning yoshi ancha katta.

Karbonadolar tabiatda juda kam uchraydi va shu paytgacha faqat Braziliya va Markaziy Afrika Respublikasida topilgan.

Ularda faqat meteoritlarda uchraydigan mineral osbornit borligi sababli koinotdan kelib qolgan deb faraz qilinadi.