Titanikning yangi versiyasi 2023-yilda premyera qilinadi

Titanikning yangi versiyasi 2023-yilda premyera qilinadi
Disney studiyasi Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet ishtirokidagi “Titanik” melodramasining yangilangan versiyasini namoyish qilmoqchi. Premyera 2023-yil 10-fevralga rejalashtirilgan.
Jeyms Kemeron filmi 3D, 4K HDR va boshqa formatlarda taqdim etiladi. Uni tarqatish huquqi Paramountga tegishli.
“Titanik” filmi ilk bor 1997-yilda katta ekranlarda namoyish qilingan va butun dunyo bo‘ylab 2,2 milliard dollar yig‘gan. Shuningdek, ushbu lenta 11 ta “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan.






