Toshkent metrosining «Yerusti halqa yo‘li»da harakat vaqti o‘zgaradi

Poytaxt metropoliteni axborot xizmatining xabariga ko’ra, Toshkentda “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi poyezdlarning harakat vaqti o‘zgarishi maʼlum qilindi.

Unga ko‘ra, 2022-yil 16-avgustdan 5-sentabrga qadar yo‘llarni ko‘rikdan o‘tkazish va bajarilishi lozim bo‘lgan texnik ishlar amalga oshiriladi. Shu sababli, “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishida poyezdlar harakati soat 05:00 dan 23:00 gacha amalga oshiriladi.