The Times: Samarqand 2023-yilning eng yaxshi olisdagi 13 yo’nalishlari safida

Britaniyaning “The Times” jurnali 2023-yilda sayohat qilish uchun eng jozibali va eng uzoq 13 manzil haqida maqola chop etdi. Mazkur ro’yxatga qadimiy Samarqand shahri ham kiritilgan.

“Samarqanddagi oltin asr Chingizxon qudratli imperiya qura boshlagan Buyuk Ipak yo‘li davridan boshlangan. Binobarin, 21-asrning boshlarida ham xuddi shunday yuksalish namoyon bo‘lmoqda: O‘zbekistonning ikki qadimiy, maftunkor sayyohlik markazlari - Buxoro va Xivani bog‘laydigan tezyurar poezdlar kelganidan so‘ng, moviy gumbazli masjidlar va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan maqbaralar safiga yana bir yangi hashamatli majmua qo‘shildi. Shahar yaqinida joylashgan “Silk Road Samarkand” majmuasi sayyohlar uchun birinchi darajali mehmonxonalar va ajoyib gastronomiyani taklif etmoqda”, - deya qayd etiladi nashr maqolasida.

Maqolada ta’kidlanishicha, Dohadan Toshkentga haftasiga 2 marta uchadigan “Qatar Airways” yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslari tufayli O‘zbekistonga kelish ancha osonlashdi. “The Times” Samarqandda zamonaviy mehmonxonalarda emas, balki Registon maydonidan besh daqiqalik masofada joylashgan an’anaviy uslubdagi mehmon uyida qolishni taklif qiladi.

Ma’lumot o’rnida, bu yil Samarqandda BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda 30-noyabrdan 3-dekabrgacha Ispaniya poytaxti Madridda bo‘lib o‘tgan UNWTO 24-sessiyasi doirasida ovoz berish natijalariga ko‘ra e’lon qilingan edi.