Tibbiy-ijtimoiy muassasalarni qurilish-taʼmirlash va jihozlashga 227 milliard soʼm ajratamiz – Prezident

Prezidentimiz Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishgach, Olmazor tumanidagi "Universitet" mahallasida boʼldi. Soʼng 102-sonli eshitishi zaif bolalar uchun maktab-internatda davlatimiz rahbari muassasa tarbiyalanuvchilari va pedagoglari bilan suhbatlashdi.
Аyni paytda bu yerda videoselektor yigʼilishi bo'lib oʼtmoqda.
Oʼtgan davrda internat uylarda yashovchi 9 ming 400 nafar keksalar va nogironligi boʼlgan shaxslar hamda 18 ming nafar hech kimi yoʼq va yolgʼiz yashaydigan fuqarolar tibbiy koʼrikdan oʼtkazilib, ularni sogʼlomlashtirish choralari koʼrildi.
Nogironligi boʼlgan 900 nafar bola protez-ortopediya moslamalari bilan taʼminlandi.
“Zamin” jamgʼarmasi bilan hamkorlikda zaif eshituvchi 2 mingdan ziyod bola jami 4 mingta raqamli eshitish moslamalari bilan taʼminlandi, 11 ta ixtisoslashgan maktab-internat yordamchi tovush-nutq vositalari bilan jihozlandi.
Shuningdek, 1 ming 100 nafar nogironligi boʼlgan shaxslar pultli aravachalar bilan taʼminlandi.
Oʼtgan yili “Saxovat”, “Muruvvat”, “Mehribonlik” va bolalar uylari, faxriylar pansionatlari, maktab-internatlarda 172 milliard soʼmlik qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari bajarildi.
“Joriy yilda barcha tibbiy-ijtimoiy muassasalarni qurilish-taʼmirlash va jihozlashga 227 milliard soʼm ajratamiz”, ta’kidladi Prezident.






