Tibbiyot akademiyasida 1-oktabrga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi

Unda, bir qator ustoz va murabbiylarning mehnati munosib e'tirof etildi.

1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan qator ustoz va murabbiylarning faoliyati munosib eʼtirof etildi: Oliy taʼlim vazirining faxriy yorligʼi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hususan, Janubiy Koreyada oʼtkazilgan Ixtirochi ayollarning xalkaro koʼrgazmasi “Korea International Women's Invention Exposition 2021” (KIWIE-2021) da ishtirok etib, faxrli 2-chi oʼrinni egallagan Feruza Аzizova (TTА ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor) hamda kafedra mudirlari Feruza Salomova va Guzal Sherqoʼziyevalarning yig‘ilishda mehnati etirof etildi.

Bundan tashqari, ta'lim dargohining mutassadi rahbarlari Oʼzbekiston respublikasi Prezidentligiga saylovda barcha professor-oʼqituvchilar faollikka chaqirildi.