«Tik Tok»ga qozoq tili ham qoʼshildi

"KazInformation" xabariga ko’ra,"Tik Tok" ilovasiga qozoq tili ham qoʼshilgan. Ma’lumotlarga ko’ra, oʼtgan yilning oktabrida “Аstana Media Week” media-forumi tashkil etilgan. Unda ishtirok etgan Sharqiy Yevropadagi "TikTok Global Business Solutions" rahbari va "TikTok"ning Qozogʼiston bo'yicha rahbari Аnastasiya Panina ilova qozoq tiliga tarjima qilinishini tasdiqlagan.

Qayd etilishicha, ayni damda ilovada interfeys tilini istalgan vaqtda oʼzgartirish mumkin.