Tinchlik va inson hayoti bebahodir

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish va ipoteka sohalarida islohotlarni jadallashtirish hamda arxitektura yoʼnalishidagi oliy taʼlim muassasalarini transformatsiya qilish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʼilishi bo’lib o’tmoqda. Yigʼilish avvalida davlatimiz rahbari Qoraqalpogʼistondagi vaziyat haqida toʼxtalib oʼtdi.
"Bu yerda sodir boʼlgan noxush voqealar barchamizda tashvish va iztirob uygʼotishi tabiiydir.
Nukus shahrida yuz bergan voqealar natijasida, afsuski, bir qancha fuqarolar halok boʼldi va jabr koʼrdi.
Shu munosabat bilan oʼz yaqinlarini yoʼqotgan oilalarga chin yurakdan hamdardlik bildiraman. Shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarga esa tezroq sogʼayib ketishlarini tilayman.
Mana shunday daqiqalarda tinchlik va inson hayoti naqadar bebaholigini, uni asrab-avaylash naqadar muhim ekanini, bunga barchamiz masʼul ekanimizni yanada chuqur his etamiz".






