«Titanik» katta ekranlarga qaytmoqda!

Paramount Pictures Studio Titanik katta ekranlarga yangilangan 3D 4K HDR formatida kadrlar tezligi oshishi bilan qaytishini ma'lum qildi. Qayd etilishicha, aynan shu munosabat bilan filmning yangi treyleri ham taqdim etilgan.
Qayta nashr filmning 25 yilligiga bag'ishlangan.
P.S. Rekord darajada ko'p ko'rilgan filmlardan biri "Titanik" filmi 1997-yilda chiqarilgan va eng yaxshi film, eng yaxshi rejissyor, eng yaxshi operator va eng yaxshi qo'shiq kabi 11 ta "Oskar" mukofotini qo'lga kiritgan.






