Titanik yo‘lovchisining cho‘ntak soati auksionda 116 ming dollarga sotildi

Ma’lum qilinishicha, “Titanik” kemasi halokatida halok bo‘lgan pochta xodimi Oskar Skott Vudining cho‘ntak soati Angliyadagi kim oshdi savdosida 98 ming funt sterlingga (116 ming dollar) sotildi.
Auksion Wiltshire shahridan Genri Aldridge & Sons kimoshdi uyi tomonidan tashkil qilingan.
Qadimiy soat kema halokatga uchraganidan keyin oradan 1 oy vaqt oʻtib topilgan. Keyinchalik uni pochta xodimining bevasiga yetkazib berishgan.
Choʻntak soati bilan birga “Titanik”ga oid boshqa buyumlar – restoran menyusi (58 ming dollar), birinchi sinf yoʻlovchilari roʻyxati (41 ming dollar) ham auksionga qoʻyilgan.
Manbaalarda qayd etilishicha, ushbu ro'yxat britaniyalik Jorj Breretonga tegishli edi. U transatlantik parvoz paytida qo'shimcha pul ishlab olishni xohlagan va shu maqsadda qurbonlar ro'yxatini tuzgan.






