Titanikning ikkinchi nusxasiga buyurtma berildi

Avstraliyalik siyosatchi va tadbirkor Klayv Palmer tarixdagi eng katta yo'lovchi kemasiga buyurtma berishga qaror qildi. 1912-yili qurilgan eng katta Titanik kemasi hozirda suv tagida bo'lganligi sababli, Palmer Titanikning ikkinchi nusxasiga buyurtma berdi.

Ma’lumotlarga ko’ra, kemaning yangi nusxasida avvalgi Titanikning barcha kamchiliklari tuzatiladi va u yetarlicha qutqaruv moslamalari bilan jihozlanadi.

Titanik – 2 kemasiga taxminan 567 million dollar miqdorida mablag’ sarflanishi va u 2022-yili qurib bitkazilishi kutilmoqda.