Tojikiston delegatsiyasi O'zbekistonga keldi

Tojikiston delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifi davomida "yo'l xaritasi" tayyorlandi va hamkorlik yo'nalishlari belgilab berildi.

24-25 iyun kunlari bo'lib o'tgan tashrif O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan Toshkent viloyati hokimligi ko'magi ostida tashkil etildi. Muzokaralarda Tojikiston tomoni - So'g'd viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda va Tojikistonning O'zbekistondagi elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, mamlakatimiz tomondan - Qishloq xo'jaligi vaziri Jamshid Xo'jayev va Toshkent viloyati hokimi Davron Xidoyatov ishtirok etishdi.

Ikki kun davomida 30 kishilik Tojikiston delegatsiyasi Toshkent viloyatidagi bir qancha agro-ob'yektrlarnining faoliyatini o'rgandi.

Buni ham qo'shimcha qilib aytish kerakki, Tojikiston Respublikasining so‘g‘d viloyatidagi yer va tuproq holatini, ishlab chiqarish salohiyatini o‘rganish asosida hujjatni batafsil ishlab chiqib maqsadida yaqin kunlarda O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikistonga javob tashrifini uyushtiradi.