Tojikiston elchisi O'zbekistondagi o’z missiyasini yakunladi

2021 yil 22 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Tojikiston elchisi Sodiq Imomiyni qabul qildi.

Vazir Elchining ikki mamlakat o'rtasidagi konstruktiv hamkorlikni izchil rivojlantirishga qo'shgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.

Suhbat davomida o'zbek-tojik do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari hamda yuqori darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning amaliy jihatlari ko'rib chiqildi.

O'z navbatida, S.Imomiy Tojikistonning O'zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatida ishida har tomonlama yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirdi, deb xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.