Tojikiston Prezidenti O‘zbekistonga keldi

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon 15-sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi.

Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.