Tojikiston tarixida birinchi ayol general-mayor

Mamlakat mustaqilligining 30 yilligi arafasida Barno Saidvalizodga prezident Emomali Rahmon general-mayor unvoni berildi.
Barno Saidvalizoda 2020-yil aprel oyidan Tojikiston hukumati huzuridagi ijro xizmati rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u huquqshunoslik fanlari nomzodi.






